Eminent Audit — auditorlik taşkiloti
Aniq raqamlar. Işonçli xulosa.
Majburiy va taşabbusli audit, buxgalteriya hisobini yuritiş va qayta tiklaş, soliq maslahati. Özbekiston qonunçiligi va xalqaro standartlar asosida.
- yillik buxgalteriya tajribasi
- 11+
- yil audit amaliyotida
- 8+
- yönalişdagi xizmatlar
- 5
- içida javob beramiz
- 1 kun
Biz haqimizda
Har bir topşiriqni rahbar şaxsan nazorat qiladi
Eminent Audit rahbari — sertifikatlangan auditor va soliq maslahatçisi, buxgalteriya sohasida 11 yildan ortiq tajribaga ega. Şuning uçun hisobotni nafaqat tekşiramiz, balki xatolar qayerdan kelib çiqişini ham tuşuntirib, tuzatişga yordam beramiz.
- Buxgalteriya sohasidagi 11+ yillik tajriba
- 8+ yil audit amaliyotida
- XAS, XBXS va soliq qonunçiligi böyiça iş
Jamoa
Tajribali auditorlar jamoasi
Har bir topşiriq ustida sertifikatlangan mutaxassislar işlaydi. Ularning barçasi Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazi (BAIM) tomonidan berilgan auditor malaka sertifikatiga ega.

Farhod Mengniyozov
Direktor, auditor, soliq maslahatçisi
Eminent Audit direktori. Buxgalteriya va audit sohasida 11 yildan ortiq tajribaga ega. Har bir topşiriqni rejalaştirişdan to yakuniy xulosagaça şaxsan nazorat qiladi. Mijozlarga xatolarni topibgina qolmay, ularni qonuniy yöl bilan tuzatiş va soliq xatarlarini kamaytiriş böyiça amaliy tavsiyalar beradi.
- Auditor malaka sertifikati № 05671
- Soliq maslahatçisi sertifikati № 00368
- CAP sertifikati № 0018186
Ten Din Xin
Auditor
Audit va buxgalteriya hisobi böyiça uzoq yillik amaliy tajribaga ega mutaxassis. Xalqaro CAP va CIPA sertifikatlari egasi — bu milliy va xalqaro standartlar (XBXS) böyiça çuqur bilimni tasdiqlaydi. Moliyaviy hisobotlarni sinçiklab tahlil qiliş va murakkab hisob masalalarini hal etişga ixtisoslaşgan.
- Auditor malaka sertifikati № 06492
- CAP sertifikati № 0003907
- CIPA sertifikati № 0000512
Oybek Maxmudov
Auditor
Buxgalteriya sohasida uzoq yillik tajribaga ega auditor. Birlamçi hujjatlardan tortib yillik moliyaviy hisobotgaça bölgan butun hisob jarayonini amalda biladi. Şu sababli tekşiruv davomida kamçiliklarni tez aniqlaydi va ularni bartaraf etiş yölini aniq körsatib beradi.
- Auditor malaka sertifikati № 06449
Bekzod Sattarov
Auditor
Buxgalteriya hisobi böyiça uzoq yillik tajribaga ega auditor. Hisob yozuvlari va soliq hisob-kitoblarini tekşirişda sinçkovligi bilan ajralib turadi. Mijozlar bilan oçiq muloqot qiladi va audit natijalarini tuşunarli tilda yetkazadi.
- Auditor malaka sertifikati № 06606
Mijozlar
Bizga işonç bildirgan mijozlar
Turli soha korxonalari bilan yildan-yilga hamkorlik qilib kelamiz. Quyida xizmatlarimizdan foydalangan taşkilotlar yillar böyiça keltirilgan.
2026-yilda xizmat körsatilgan korxonalar — 153 ta
- VENTIONMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- LEAN TRADE SOLUTIONSMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- MOHIRDEVMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- KEENEOMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- GREEN GROUP USAMChJLogistika faoliyati
- Asaxiy Maxteach ITMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- ASAXIY MDMMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- MAMC TADQIQOTMChJMarketing faoliyati
- MEHMONXONALAR ASSOTSIATSIYASIYSHB (assotsiatsiya)Mehmonxonalar soxasidagi faoliyat
- DIVISION DIGITAL AND GRAPHIC SOLUTIONSMChJDizaynerlik faoliyati
- STRATEGYCOMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- DiaSoft SystemsMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- ALPHIORMChJBuxgalterlik hisobi sohasidagi faoliyat
- CORPORATE SOLUTIONS GROUPMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- TECHCELLSMChJTurizm sohasidagi faoliyat
- AGNAS EXPERTMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- KNG SOFTWARE TECHNOLOGIESMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- S AND T DEVELOPMENTMChJKöp kvartirali uylar va turar joylarni ijaraga beriş faoliyati
- TRUE ENGINEERING SUPERVISIONMChJMuhandislik izlanişlari sohasidagi faoliyat
- NOMADIANMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- LITRO APPMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- HUMOWELSMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
- PLUS HAMKORMChJKöp kvartirali uylar va turar joylarni ijaraga beriş faoliyati
- SMART CARDMChJAxborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat
Xizmatlar
Xizmatlarimiz
Har bir topşiriq narxi korxona hajmiga qarab alohida belgilanadi va şartnomada qat'iy yoziladi.
Majburiy audit
Yillik moliyaviy hisobot auditi va auditorlik xulosasi (XAS asosida).
Taşabbusli audit
Rahbariyat yoki ta'sisçilar buyurtmasi böyiça alohida yönaliş yoki davr tekşiruvi.
Buxgalteriya hisobini yuritiş
Birlamçi hujjatlardan tortib soliq hisobotlarigaça — töliq autsorsing.
Buxgalteriya hisobini qayta tiklaş
Ötgan davrlar hisobini tiklaş, qoldiqlarni soliştiriş va tuzatiş.
Soliq maslahati
Soliq xatarlarini baholaş, operatsiyalarni qonuniy rejalaştiriş.
Narxni biliş uçun ariza qoldiring — bepul konsultatsiyada hajm va narxni aniqlaştiramiz.
Majburiy audit
Kimlar majburiy auditdan ötişi şart?
Özbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati töğrisida»gi Qonuni 35-moddasiga muvofiq, quyidagi taşkilotlar yillik moliyaviy hisobotini majburiy auditorlik tekşiruvidan ötkazişi şart.
Aksiyadorlik jamiyatlari
Banklar va boşqa kredit taşkilotlari
Suğurta taşkilotlari
Qişloq xöjaligi kooperativlari
Investitsiya fondlari
Xayriya, jamoat fondlari va boşqa fondlar
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi bölgan xöjalik yurituvçi subyektlar
Birjalar
IT Park va Cyber Park rezidentlari
Şuningdek, hisobot yili yakunlariga köra quyidagi şartlardan bir vaqtning özida ikkitasiga javob bergan tijorat taşkilotlari:
- Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 100 000 baravaridan ortiq
- Mahsulot (iş, xizmat) sotişdan olingan tuşum bazaviy hisoblaş miqdorining 200 000 baravaridan ortiq
- Xodimlarining örtaça yillik soni 100 nafardan ortiq
Korxonangiz röyxatga kiradimi?
Taşkilotingiz majburiy auditdan ötişi kerakmi yoki yöqligini bepul aniqlab beramiz va tekşiruvni öz vaqtida ötkazamiz.
Ixtiyoriy audit
Ixtiyoriy audit kimlar uçun foydali?
Ixtiyoriy (taşabbusli) audit qonun böyiça majburiy bölmagan hollarda korxona rahbariyati yoki ta'sisçilarning buyurtmasiga köra ötkaziladi. U moliyaviy holatni mustaqil va xolis baholaş, xatarlarni oldindan aniqlaş va asosli qarorlar qabul qiliş imkonini beradi.
Rahbarlar va ta'sisçilar uçun
Buxgalteriya hisobi qonunçilik talablariga muvofiq yuritilayotganiga, xato va kamçiliklarga yöl qöyilmayotganiga işonç hosil qiliş maqsadida.
Rahbar yoki ta'sisçi almaşganda
Hisobning amaldagi holatini aniqlaş, oldingi davrlar uçun javobgarlikni çegaralaş va korxona faoliyatini xavotirsiz davom ettiriş uçun.
Sud va nizoli vaziyatlarda
Mustaqil auditorlik xulosasi sudda va boşqa nizolarda öz pozitsiyangizni professional asosda himoya qilişga kömak beradi.
Investitsiya yoki kredit jalb qilişda
Tekşirilgan moliyaviy hisobot investorlar, banklar va hamkorlar oldida korxonaga bölgan işonçni oşiradi.
Korxonani sotiş yoki sotib olişda
Bitimdan oldin korxonaning haqiqiy moliyaviy holati, majburiyatlari va yaşirin xatarlarini aniqlaş uçun.
Soliq tekşiruvidan oldin
Xatolarni oldindan aniqlab, ularni öz vaqtida tuzatiş va moliyaviy sanksiyalar xavfini kamaytiriş uçun.
Tekşiruv kölamini özingiz belgilaysiz
Butun faoliyatni yoki alohida yönalişni — masalan, kassa, ombor, iş haqi yoki soliq hisob-kitoblarini tekşiriş mumkin.
Soliq maslahati
Soliq maslahati kimlarga kerak?
Soliq qonunçiligi tez-tez özgaradi, xatolar esa jarima va penyalarga olib keladi. Soliq maslahatçimiz vaziyatingizni tahlil qilib, qonuniy va asosli yeçim taklif etadi.
Soliq böyiça savolingiz bormi?
Vaziyatingizni qisqaça yozing — soliq maslahatçimiz bir iş kuni içida siz bilan boğlanadi.
Bepul konsultatsiyaSoliq imtiyozlari haqida ma'lumot olmoqçi bölganlar
Faoliyatingizga qanday soliq imtiyozlari va preferensiyalar tatbiq etilişini aniqlab, ulardan foydalaniş şartlarini tuşuntirib beramiz.
Imtiyozlar töğri qöllanilişini tekşirmoqçi bölganlar
Berilgan soliq imtiyozlaridan qonunçilikka muvofiq foydalanilayotganini tekşirib, kelgusida qöşimça soliq hisoblanişi xavfini kamaytiramiz.
Soliq qonunçiligini qöllaşda muammoga duç kelganlar
Murakkab va bahsli holatlarni tahlil qilib, Soliq kodeksi va amaldagi normativ hujjatlar asosida asoslangan yeçim taklif etamiz.
QQS böyiça ortiqça tölovga ega bölganlar
Ortiqça tölangan QQSni qonuniy tartibda qaytariş uçun hujjatlarni tayyorlaymiz va soliq organi bilan muloqotda hamrohlik qilamiz.
Korxona manfaatlarini sudda himoya qilmoqçi bölganlar
Soliq nizolari böyiça pozitsiyangizni asoslab, sud va yuqori turuvçi soliq organlari uçun professional xulosa va tuşuntirişlar tayyorlaymiz.
Yangi biznes yoki bitimni rejalaştirayotganlar
Soliq rejimini töğri tanlaş va bitimlarni qonuniy tuziş böyiça oldindan maslahat beramiz.
Buxgalteriya xizmatlari
Buxgalteriyani işonçli qöllarga topşiring
Buxgalteriya sohasidagi 11 yillik tajribamizga tayanib, hisobingizni qonunçilik talablariga töliq muvofiq yuritamiz. Siz biznesingizni rivojlantirişga e'tibor qaratasiz — hisob-kitoblar, hisobotlar va soliq organlari bilan muloqot bizning zimmamizda.
Buxgalteriya hisobini yuritiş
Birlamçi hujjatlarni rasmiylaştirişdan tortib yillik moliyaviy hisobotgaça — buxgalteriyani töliq öz zimmamizga olamiz.
Buxgalteriya hisobini qayta tiklaş
Yuritilmagan yoki çalkaş hisobni birlamçi hujjatlar asosida tiklab, hisobotlarni tartibga keltiramiz.
Soliq va statistika hisobotlari
Hisobotlarni töğri tayyorlab, belgilangan muddatlarda elektron tarzda topşiramiz — keçikiş va jarimalarsiz.
Iş haqi va kadrlar hisobi
Iş haqi, uşlanmalar va ijtimoiy soliqni hisoblaymiz, xodimlar böyiça hisobotlarni yuritamiz.
Hisob siyosatini işlab çiqiş
Korxonangiz faoliyatiga mos hisob siyosati va hujjatlar aylanişi tartibini işlab çiqamiz.
Buxgalteringizga maslahat va kömak
Ştatdagi buxgalteringizga murakkab operatsiyalar, yil yakunini yopiş va hisobotlar böyiça professional yordam beramiz.
Buxgalteriyangiz qanday holatda?
Qisqaça yozing — hisobingiz holatini körib çiqib, sizga mos xizmat formatini taklif qilamiz.
Iş tartibi
Qanday işlaymiz
- 1
Ariza
Saytda ariza qoldirasiz yoki qönğiroq qilasiz.
- 2
Baholaş
Bir iş kuni içida boğlanib, hajm va muddatni aniqlaymiz.
- 3
Şartnoma
Narx va muddat şartnomada qat'iy belgilanadi.
- 4
Xulosa
Auditorlik xulosasi va rahbariyatga tavsiyalar xatini topşiramiz.
Savollar
Savolingiz bormi?
Javob topmasangiz — qönğiroq qiling, konsultatsiya bepul.
Korxonam majburiy auditdan ötişi şartmi?
Aksiyadorlik jamiyatlari, banklar, suğurta taşkilotlari va qonunda belgilangan boşqa korxonalar uçun majburiy. Aniq holatingizni bepul baholab beramiz.
Audit qança vaqt oladi?
Korxona hajmiga qarab odatda 1–4 hafta. Muddat şartnomada qat'iy belgilanadi.
Qanday hujjatlar kerak böladi?
- Ta'sis hujjatlari
- Korxona buxgalteriyasini yuritiş bilan boğliq barça hujjatlar
Aniq röyxatni birinçi suhbatdan keyin yuboramiz.
Ma'lumotlarim maxfiy saqlanadimi?
Ha. Auditorlik siri qonun bilan himoyalangan va şartnomada alohida belgilanadi.
Ariza qoldiriş
Ariza qoldiring
Bir iş kuni içida qönğiroq qilib, topşiriq hajmi va narxini aniqlaştiramiz. Konsultatsiya bepul.
- Telefon
- +998 90 7223377
- eminent.audit@bk.ru
- Manzil
- Toşkent şahri, Olmazor tumani, Qorasaroy
- Iş vaqti
- Duşanba–şanba, 9:00–18:00